NATOning “boshi” Ukraina bo‘yicha va’da berdi
Olam
−
05 noyabr 2019
5123Ukraina NATOga a’zo bo‘ladi, dedi Shimoliy atlantika alyansi bosh kotibi Yens Stoltenberg “1+1” telekanaliga bergan intervyusida.
“Barcha ittifoqchilar Ukraina NATO a’zosi bo‘lishiga rozi bo‘ldi. Chernogoriya atigi ikki yil avval NATOga qo‘shildi, Shimoliy Makedoniya bir necha oydan keyin alyansga a’zo bo‘ladi. Biz Berlin devori qulagandan keyin biz buni ko‘rdik. Polsha, Boltiq bo‘yi davlatlari – ular NATOga qo‘shilishini hech kim o‘ylab ham ko‘rmagandi”, dedi Stoltenberg.
U rasmiy Kiyevga NATOga qo‘shilishi uchun islohotlarni chuqurlashtirish va ijtimoiy sohani modernizatsiya qilishda yordam berishga va’da berdi.
Ukraina Rossiya va Yevropa orasida ayiruvchi hudud sifatida qoldirilishi haqida Stoltenberg “mamlakat alyansning 40 nafar sheriklaridan biri”, deb javob qaytardi.
“Ba’zi mamlakatlar uchun sheriklik to‘laqonlik a’zolik uchun ilk qadam. Ammo barcha mamlakatlar uchun sheriklik bu NATO doimiy aloqalar degani”, deb fikr bildirdi Stoltenberg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina to‘laqonli a’zo bo‘lishi uchun tashkilot bu mamlakat bilan nimalar qila olishini o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi.
Oktyabr oxirida Stoltenberg Ukraina Oliy Radasidagi nutqida NATOga a’zolik uchun qiyin va talab qilinadigan ba’zi islohotlarni amalga oshirish kerakligini, shunga qaramay alyans eshiklari Ukraina uchun doim ochiqligini ta’kidladi.
LiveBarchasi