Turkiyada bir sutkada 4 mingdan ortiq koronavirus holati aniqlandi

Olam

image

Turkiya Respublikasida bir sutka davomida koronavirusga chalinganlar soni 4 093 taga ko‘paydi. Bu haqda Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja ma’lum qildi.

"Bugun, 13 aprel kuni koronavirus bilan bog‘liq 4 093 ta yangi holat aniqlandi. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni jami 61 499 nafarga etmoqda", deydi Koja.

Vazir bir sutkada 98 nafar bemor vafot etganini ma’lum qildi. Shuningdek, ushbu kasallikdan tuzalganlar 3957 nafarga yetganini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada koronavirus bilan kasallanishning ilk holati joriy yilning 11 mart kuni qayd etilgandi. Ushbu mamlakatning 30 dan ortiq provinsiyasida komendantlik soati joriy qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Turkiyada

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing