Yana bir soha vakillariga poytaxtdan doimiy propiska beriladi

Jamiyat

image

Samarali faoliyat olib borayotgan va istiqbolli kinoijodkorlar Toshkent shahrida doimiy propiska qilinadi. Bu haqda “Milliy kinematografiyani rivojlantirish chora-tadbirlari natijadorligi va navbatdagi ustuvor vazifalar” bo‘yicha kinoforumda aytib o‘tildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kinematografiya institutini tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, qayd etilishicha:

- “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olinayotgan “Ilhaq”, “Ibrat” va “101-reys” filmlari va boshqa kino mahsulotlari uchun 17 mlrd so‘m, yosh kino ijodkorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish maqsadida tegishli moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun – 600 mln so‘m ajratilishi belgilangan.

- 2020 yilda rekonstruksiya uchun Investitsiya dasturiga “Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi” DUK, “Respublika kinoprokat markazi” DUK, “Do‘rmon” kinoijodkorlar uyi” DUK, “Qoraqalpoqfilm” DUK singari inshootlar kiritilgan.

- Investitsiya dasturiga kiritilgan ob’ektlarni rekonstruksiya uchun 20 mlrd so‘m ajratilgan.

- Ikki yilda bir marotaba “Toshkent” xalqaro kinofestivali o‘tkaziladi.

- O‘zbekiston kino san’ati muzeyi faoliyati yanada rivojlantiriladi.

- Samarali faoliyat olib borayotgan va istiqbolli kinoijodkorlar Toshkent shahrida doimiy propiska qilinadi.

- Milliy filmlarni saqlash, xorij arxivlarida saqlanayotganlarini qaytarish, ularni restavratsiya qilish, raqamlashtirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan O‘zbekiston davlat filmlar fondi tashkil etiladi.

- “O‘zbekfilm” kino ishlab chiqarish turistik kompleksi” quriladi.

- “O‘zbekfilm” DUK zamonaviy kino qurilmalari va texnik vositalari bilan jihozlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

propiska kino

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing