Prezident qarori bilan subsidiya beriladigan mahsulot turlari ko‘paytirildi

Jamiyat

image

Kecha, 5 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida karantin sharoitini yanada yengillashtirish va iqtisodiy faoliyatni qayta tiklash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda karantin sharoitini bosqichma-bosqich yumshatishga oid taklif va tahlillar asosida bundan buyon amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham qabul qilindi.

Unga muvofiq, tashish xarajatlari uchun subsidiya beriladigan mahsulot turlari hozirgi 52 tadan 86 tagacha ko‘paytirildi. Bu ro‘yxatga 32 turdagi sabzavot va poliz mahsulotlari hamda ho‘l, muzlatilgan va konservalangan mevalar qo‘shildi.

Ushbu transport xarajatini subsidiyalash mexanizmidan 2 mingdan ziyod eksportyor korxonalar foydalanishi imkoniyati yaratilmoqda va bunga byudjetdan 360 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

“Bunday choralardan maqsad – korxonalar faoliyatini tez tiklash, eksport hajmini barqaror oshirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish uchun katta imkoniyat yaratish. Shu sababli barcha darajadagi rahbarlar doimiy ravishda har bir tuman va mahallada yangicha g‘oya hamda tashabbuslarni joriy etib, oddiy xalq yoki kambag‘alning hayotini yaxshilash, ularni band qilish va daromadini oshirish masalalari bilan ustuvor darajada shug‘ullanishi kerak”, dedi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing