Somsaxonada portlash yuz berdi. 7 kishi jarohatlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 18 mart kuni kunduzi Shahrisabz tumani Xo‘jaxuroson mahallasida yashovchi 1949 yilda tug‘ilgan A.T.ning xonadonida chaqnash sodir bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, chaqnash xususiy uyda o‘zboshimchalik bilan tashkil qilingan somsaxonada 20 litr hajmli gaz baloni yorilib, suyultirilgan uglevodorod gazining havo aralashmasi natijasida sodir bo‘lgan. Natijada somsaxonaning uch nafar ishchisi hamda to‘rt nafar mijoz (jami yetti kishi) turli darajada kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa yuzasidan tuman IIB tomonidan JK (Jinoyat kodeksi)ning 229-moddasi (“O‘zboshimchalik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

portlash somsaxona

Baholaganlar

388

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing