Afg‘oniston 10 yilda 100 mingdan ziyod qurbon berdi
Jamiyat
−
22 fevral 2020
4592So‘nggi o‘n yilda afg‘on mojarosi davomida 100 mingdan ziyod odam jarohat oldi yoki halok bo‘ldi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistonga qat’iy ko‘mak missiyasi hisob-kitoblarida qayd etilgan.
Birgina 2019 yilda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni 10 mingdan oshib ketgan.
Undan sal oldin AQSH Davlat departamenti Davlat kotibi Maykl Pompeo nomidan AQSH 29 fevral kuni "Tolibon" bilan bitim imzolashga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan edi. “Tolo News” telekanali toliblarga havola qilgan holda, "Tolibon" harakati 29 fevral kuni bitim imzolanishi haqidagi xabarni tasdiqlagani to‘g‘risida xabar qildi.
Bitim jumadan shanbaga o‘tar kechasi kuchga kirdi.
"MOONSA 2009 yilda tizimli hisob-kitobni boshlagan vaqtdan boshlab, fuqarolar orasida 100 mingdan ziyod qurbonlarni qayd etdi, 35 ming o‘ldirilganlar va 65 ming nafar jarohatlar, shular jumlasidan. Ammo mojaro ta’sir darajasi raqamlar doirasidan chiqmoqda, chunki bu yerda alohida odamlar, oilalar va hamjamiyatga uzoq vaqt davomida keng miqyosda yetkazilgan jismoniy, ruhiy, ijtimoiy va iqtisodiy zarar hisobga olingan", deyiladi MOONSA bayonotida.
Ta’kidlanishicha, 2019 yil davomida Missiya tomonidan tinch aholi o‘rtasida 10392ta qurollangan mojaro qurbonlari qayd etilgan. Shular orasida 3403 o‘ldirilgan va 6989 nafari jarohat olgan. Bu raqamlar 2018 yilgi ko‘rsatkichdan 5%ga kam, u vaqtda mojaro qurbonlarining umumiy soni 10994 nafarni tashkil etgan. Shu bilan birga, hozirgi ma’lumotlar “2013 yildan buyon tinch aholi o‘rtasida qayd etilgan umumiy qurbonlar darajasining eng past ko‘rsatkichini tashkil qiladi”.
"ISHID harakatlari tufayli tinch aholi o‘rtasida yo‘qotishlar soni qisqargan. Aholi o‘rtasida boshqa tomonlar faoliyati tufayli, ayniqsa, "Tolibon" harakati va xalqaro qurollangan kuchlar tufayli qurbonlar soni ko‘paygan", deyiladi dokladda.
BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet "jang qilayotgan tomonlar bombalar, o‘q otishlar, raketa va qo‘lbola minalar portlashi tufayli ayollar, erkaklar va qizlar o‘limining oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishlari kerak", deya bayonot qildi.
LiveBarchasi