Dollar va rublning rasmiy kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2019
9229O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 29 oktyabrdan amalda bo‘luvchi yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 9463,37 so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan haftadagiga nisbatan 14,84 so‘mga qimmatlashdi.
1 yevro kursi esa 69,54 so‘mga arzonlashib, 10483,52so‘mni tashkil etdi.
Rubl kursining qiymati ham 0,70 so‘mga qimmatlashib, 1 rubl 148,40 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
LiveBarchasi