Qozog‘istondagi aviahalokatda Generallar kengashi raisi halok bo‘ldi
Olam
−
27 dekabr 2019
9770Qozog‘istonning Generallar kengashi raisi Rustam Kaydarov Olma-otadagi yo‘lovchi samolyoti qulashi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Kaydarov – adliya general-mayori, Sobiq Ittifoq IIVning faxriy xodimi. Tashkilot saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, u Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining to‘laqonli a’zosi hisoblanadi. Generallar kengashini 2001 yildan beri boshqargan.
Qayd etilishicha, Jamoatchilik ishonchi milliy kengashi a’zosi, advokat Ayman Umarova ham halokatga uchragan samolyotda uchib ketishi kerak bo‘lgan, biroq so‘nggi daqiqada fikridan qaytgan.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, aviahalokat qurbonlari soni 15 nafarga yetdi.
Ma’lumot uchun, bugun, 27 dekabr kuni tongda Bek Air aviakompaniyasining Fokker-100 samolyoti Olma-otadan Nur-Sultonga uchib ketish vaqtida halokatga uchradi. Samolyot bortida 100 kishi bo‘lgan.
Qozog‘istonning Generalar kengashi respublika jamoatchilik birlashmasi hisoblanadi. Tashkilot xavfsizlik, Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi oganlar islohoti bo‘yicha sud, qonunchilik va ijro hokimiyati bilan hamkorlik qiladi.
LiveBarchasi