Ozarbayjonda qolib ketgan 28 o‘zbekistonlikka maxsus yordam ko‘rsatildi

Olam

image

O‘zbekistonda koronavirus aniqlangach, xalqaro transportning barcha turlari to‘xtatildi. Shu bois ayrim davlatlarda o‘zbekistonliklar hamon bo‘lib turibdi. Jumladan, Ozarboyjonda ham. “Dunyo” axborot agentligining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning Bakudagi elchixonasi ularga har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda. Vatandoshlarni Ozarboyjonda vaqtincha bo‘lishlarini tashkil etishda moliyaviy va maishiy masalalarni hal qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, diplomatik vakolatxona tomonidan Bakudan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan Ozarboyjonning Guba viloyatidagi "Nazli bulaq" dam olish markazida 28 kishini vaqtincha joylashtirish masalasi ishlab chiqilgan. 

Mehmonxonalarda va ijaraga beriladigan uylarda yashash uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lmagan o‘zbekistonliklar 5 aprel kuni dam olish maskaniga olib ketilgan. Ular uy-joy, kuniga uch mahal issiq ovqat va tibbiy yordam bilan ta’minlangan.

“Ushbu ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar 2019 yildan beri O‘zbekistonda ishlab kelayotgan Ozarbayjonning “CTC Holding” kompaniyasi tomonidan qoplanadi. Kompaniya vakillari hozirgi kunda Bakuda qolishni ma’qul ko‘rgan boshqa o‘zbekistonliklarni ham mazkur dam olish maskaniga joylashtirishga yordam berishga tayyor ekanini bildirgan”, deyiladi agentlik tomonidan berilgan ma’lumotda.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing