Ozarbayjonning alamli dardi: Xo‘jali fojiasiga 32 yil bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 26 fevral kuni Ozarbayjonning Qorabog‘ viloyatidagi Xo‘jali shahrining tinch aholisiga qarshi sodir etilgan “Xo‘jali qirg‘ini”ga 32 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan ushbu fojia qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

1992 yilgi “Xo‘jali qirg‘ini” o‘zining shafqatsizligi va qatl qilish usullari bilan insoniyat tarixidagi “qora sahifalar”dan biri bo‘lib qolmoqda.

1992 yil 25 fevraldan 26 fevralga o‘tar kechasi Armaniston Qurolli kuchlari sobiq Sovet armiyasining 366-motoo‘qchilar polkining zirhli texnikasi va shaxsiy tarkibi ko‘magida Xo‘jali shahrini egallab olib, tinch aholiga nisbatan shafqatsiz qirg‘inlarni amalga oshirgan.

O‘sha kechasi qamalda qolgan Xo‘jalining 2500 nafar aholisi Agdam shahri tomon qochishga harakat qilgan. Biroq, Armaniston Qurolli kuchlari qurolsiz odamlarni uzoqdan otib tashlaydi: 613 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, shulardan 63 nafari bolalar, 106 nafari ayollar va 70 nafari qariyalardir.

Sakkizta oila butunlay vayron bo‘ldi, 25 nafar bola to‘liq yetim qoldi, 130 nafar bola yo otasi, yoki onasidan mahrum bo‘ldi. 487 kishi, jumladan, 76 nafar bola jarohatlandi. 1275 kishi asirga olindi. 150 kishi, jumladan 68 ayol va 26 bola taqdiri hozircha noma’lum.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xo‘jali shahrining Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan noqonuniy bosib olinishi, davlat va xususiy mulkning yo‘q qilinishi va talon-taroj qilinishi oqibatida Ozarbayjon davlati va fuqarolariga 170 million dollar miqdorida zarar yetgan.

Har yili 26 fevral kuni Ozarbayjonning elchixonalari va diaspora tashkilotlarida xotira marosimlari, anjumanlar o‘tkaziladi.

Ushbu tadbirlarda Xo‘jalida sodir etilgan vahshiylik haqida hikoya qiluvchi fotostendlar, hujjatli filmlar, kitoblar namoyish etiladi.

Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining 2010 yil 22 apreldagi qarorida Xo‘jalida sodir bo‘lgan voqea urush jinoyatlari yoki insoniyatga qarshi jinoyatlar sifatida baholangan.

Bugungi kunga qadar 18 davlat parlamenti va AQSHning 24 shtati parlamenti Xo‘jali voqealarini qoralab, ularni genotsid deb tan olgan rezolyutsiyalarni qabul qilgan.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ozarbayjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing