Ozarbayjonni hech nima to‘xtata olmaydi – Ilhom Aliyev (foto, video)
Olam
−
14 fevral
8026Bugun, 14 fevral kuni Ozarbayjon Milliy Majlisida Respublika Prezidenti Ilhom Aliyev prezidentlikka kirishish uchun qilgan qasamyodida harbiy jihatdan Armanistonni qo‘llab-quvvatlayotganlarni ogohlantirdi.
"Armanistonni harbiy tomonlama qo‘llayotganlar Ozarbayjonni hech nima to‘xtata olmasligini bilib qo‘ysin. Agar bizga qarshi hududiy iddaolarga nuqta qo‘yilmasa, agar Armaniston o‘z qonunchiligini to‘g‘ri yo‘lga solmasa albatta tinchlik bitmi imzolanmaydi", degan Ozarbayjonning qayta saylangan rahbari.
Shuningdek, Ilhom Aliyev muqaddas Qur’on kitobiga qo‘lini qo‘yib xalqiga sodiq bo‘lishga ont ichgan.
"Qur’oni sharifga qo‘limni qo‘yib, qasamyod qilamanki, Ozarbayjon xalqi asrlar davomida yaratgan milliy-ma’naviy qadriyatlari va an’analariga sodiq bo‘laman, ularni hamisha baland tutaman", degan Aliyev.
Bundan tashqari, u Ozarbayjon xalqini birlashtirgan kuch – Qorabog‘ni ozod qilish masalasi bo‘lganini eslatgan va bu ittifoq doimo bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. Qo‘shimcha ravishda, davlat byudjetidagi eng katta xarajatlar harbiy xarajatlar, shu bilan birga Qorabog‘ va Sharqiy Zangezurni qayta tiklash bilan bog‘liq chiqimlar ekanligini ma’lum qilgan.
Nutqi davomida Prezident urushdan keyingi davrda Ozarbayjon barcha masalalarda o‘z prinsipial pozitsiyasini ko‘rsatganini, Armaniston esa o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni bajarishi kerakligi qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon Konstitutsiyasining 116-moddasida ko‘rsatilgan qonunga ko‘ra Ozarbayjonda Vazirlar Mahkamasi iste’foga chiqqani haqida ma’lum qilgan edik.
LiveBarchasi