Ozarbayjonda yangi hukumat tasdiqlandi
Olam
−
16 fevral
4228Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi to‘g‘risida mamlakat Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni e’lon qilindi. Bu haqda bugun, 16 fevral kuni "President.az" ma’lum qildi.
Joriy yilning 14 fevral kuni Ozarbayjon Konstitutsiyasining 116-moddasida ko‘rsatilgan qonunga ko‘ra Ozarbayjonda Vazirlar Mahkamasi iste’foga chiqqan edi. Bugungi farmonda Adliya vaziri va Diniy tashkilotlar bilan ishlash davlat qo‘mitasi raisidan tashqari, avvalgi hukumatning barcha a’zolari o‘z lavozimlarini saqlab qolgan.
Ozarbayjon Prezidentining farmoyishlariga muvofiq:
Adliya vaziri o‘rinbosari Azer Jafarov Adliya vazirligi rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan;
Diniy tashkilotlar bilan ishlash davlat qo‘mitasi raisi Sayyod Salohliy qo‘mita rahbari o‘rinbosari bo‘lgan.
Ozarbayjon Milliy Majlisi (parlamenti) Ali Asadovning Bosh vazir lavozimiga qayta tayinlanishini ma’qullagan.
LiveBarchasi