Ozarbayjonda o‘tadigan UFC turnirida ikki O‘zbekiston vakili qatnashishi kutilmoqda
Sport
−
24 mart
1296UFC Azerbaijan turnirining ehtimoliy kardidan ikki nafar o‘zbekistonlik jangchi o‘rin oldi.
21 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida o‘tkazilishi kutilayotgan turnirda eng yengil vaznda Ramazon Temirov prelim kardda braziliyalik Bruno Silvaga qarshi oktagonga chiqishi kutilmoqda.
Asosiy kardda esa yarim og‘ir vazn toifasida muvaffaqiyatli faolib olib borayotgan Bogdan Guskov serbiyalik Aleksandr Rakich bilan jang qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, hozirda Temirov ham, Guskov o‘z vazni UFC reytingida 13-o‘rinni egallab turibdi. 32 yoshli Guskov oxirgi jangini shu yil yanvar oyida UFC 311 turniri doirasida amerikalik Billi Elekanaga qarshi o‘tkazib, sabmishen evaziga raqibidan ustun kelgandi, 28 yoshli Temirov esa mart oyida amerikalik Charlz Jonson hakamlarning bir ovozdan chiqargan qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratgandi.
LiveBarchasi