Ozarbayjonda motam e’lon qilindi
Olam
−
25 dekabr
740026 dekabr Ozarbayjonda motam kuni deb e’lon qilindi. Tegishli qarorni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev imzolagan. Bu haqda “Caliber” xabar berdi.
Bugun, 25 dekabr kuni Baku-Grozniy yo‘nalishida parvoz qilgan Embraer 190 yo‘lovchi samolyotining halokatga uchrashi oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani sababli Ozarbayjonda motam e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon aviakompaniyasining Baku-Grozniy reysi bo‘yicha uchayotgan samolyoti Qozog‘istonda halokatga uchragani xabar qilingan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qulagan samolyot bortida 67 yo‘lovchi va 5 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Qozog‘iston FVVga ko‘ra, 32 nafar yo‘lovchi omon qolgan va ular shifoxonaga yetkazilgan. Samolyot yo‘lovchilaridan 37 kishi Ozarbayjon, 16 kishi Rossiya, 6 kishi Qozog‘iston va 3 kishi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan. Omon qolganlar orasida 14 nafar Ozarbayjon fuqarosi, 10 nafar Rossiya fuqarosi, 2 nafar Qirg‘iziston fuqarosi bor. Uch nafar jarohatlangan shaxsning fuqaroligi hozircha aniqlanmagan. Samolyot qushlar galasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida rul boshqaruvi yo‘qolgan va Atirau shahri aeroportiga favqulodda qo‘nishi zarur bo‘lgan.
Ozarbayjonda Qozog‘istondagi samolyot halokati sabab Davlat komissiyasi tuzilgan. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tegishli farmonni imzolagan. Komissiya Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyotning qulashi sabablarini o‘rganish uchun tashkil etilgan.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ushbu aviahalokat munosabati bilan MDHning norasmiy sammitida qatnashmay Bakuga qaytdi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, barcha jabrlanganlarga tezroq shifo topishini tilagan. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Ilhom Aliyev va Vladimir Putinga Qozog‘istonning samolyot halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘llagan.
LiveBarchasi