Ozarbayjonda karantin kuchaymoqda, niqob taqmaganlik uchun jarimalar oshirildi
Olam
−
29 iyun 2020
4899Ozarbayjonda karatin qoidalari kun sayin keskinlashmoqda. Bugun, 29 iyun kuni mamlakat Milliy majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tibbiy niqobdan foydalanmaganlik uchun chora ko‘rish bo‘yicha yangi o‘zgartirish kiritildi.
Milliy majlisning navbatdan tashqari yig‘ilishida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritiladigan o‘zgarishlar muhokama qilindi. Unga ko‘ra, epidemiyaga qarshi rejim, sanitariya-gigiyena va karantin davrida shaxsiy himoya vositalaridan fodalanish majburiy etib belgilandi. Ushbu tartibni buzgan shaxslar 100 manat (58 AQSH dollari), mansabdor shaxslar 200 manat (117 AQSH dollari), yuridik shaxslar 400 manat (235 AQSH dollari) miqdorida jarimaga tortiladi.
Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab, ma’muriy huquqbuzarlik bir yil ichida qayta sodir etilsa, jismoniy shaxslar 200 manat (117 AQSH dollari), mansabdor shaxslar 400 manat (235 AQSH dollari), yuridik shaxslar 800 manat (470 AQSH dollari) jarimaga tortiladi.
Qayd etish o‘rinliki, mamlakat Prezidenti Ilhom Aliyev turmush o‘rtog‘i – vitse-prezident Mehribon Aliyeva bilan shu kunlarda ko‘plab ijtimoiy ob’ektlarning ochilish marosimida ishtirok etmoqda, rayonlardagi o‘zgarishlar, islohotlarning borishi bilan tanishmoqda. Tadbirlarda Prezident va uning rafiqasi muntazam tibbiy niqobda namoyon bo‘lmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, avval jarimalalar tegishliligacha 50, 100, 200 manatni tashkil etgan.
Ozarbayjonda koronavirusga chalinganlar 16 424 kishini tashkil etmoqda. Bemorlarning 9026 nafari sog‘aygan, 198 kishi vafot etgan.
LiveBarchasi