Ozarbayjonda Eron ko‘magi bilan davlat to‘ntarishi tayyorlayotgan guruh aniqlandi

Olam

image

Bugun, 16 may kuni Ozarbayjon Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasi Eron maxsus xizmatlari tomonidan yollangan va mamlakatda diniy davlat yaratishni rejalashtirgan bir guruh respublika fuqarolari fosh etilgani haqida xabar berdi. 

Aniqlanishicha, Rufulla Oxundzoda va uning o‘g‘li Almursal Oxundzoda Eron maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda qurolli tartibsizliklar keltirib chiqarish, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirish orqali mamlakatda diniy davlat barpo etish, jamiyatda taniqli va mansabdor shaxslarga suiqasd uyushtirish maqsadida “qarshilik otryadlari”ni tashkil etish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqqan.

Rasmiy bayonotda aytilishicha, Oxundzodaning otasi va o‘g‘li o‘ldirilishi rejalashtirilgan amaldorlar va jamoat arboblari ro‘yxatini tuzib, uni guruh a’zolariga topshirgan. Shuningdek, ular guruhidagilarga o‘qotar qurol sotib olish va “Molotov kokteyli” tayyorlash haqida ko‘rsatma bergan.

Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiya davomida “Gisas 313” (“Qasos 313”) deb nomlangan guruhning yetti nafar a’zosi va boshqa shaxslar qo‘lga olinib, sudga tortilgan. Guruh a’zolari xorijdan olingan mablag‘larni diniy radikalizm va boshqa qo‘poruvchilik faoliyatini targ‘ib qilish uchun ishlatganliklari aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ozarbayjon davlat to'ntarishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing