Ozarbayjonda Aliyev partiyasi parlament saylovida g‘alaba qozondi

Olam

image
Parlament saylovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi north_east

Parlament saylovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi

Kecha, 9 fevral kuni Ozarbayjonda mamlakat parlamenti – Milliy Mejlisga ilk bor navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazildi. Unda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev rahbarligidagi “Yangi Ozarbayjon” partiyasi g‘alaba qozondi.

Saylovning dastlabki natijasiga ko‘ra, “Yangi Ozarbayjon” 87 foiz ovoz olib, parlamentda eng ko‘p o‘rin masalasini hal qildi.

Natijalarni mamlakat Markaziy saylov komissiyasi raisi Mazaxir Panaxov e’lon qildi. Unga ko‘ra, partiya parlamentda 65 ta mandatni qo‘lga kiritishi mumkin.

Navbatdan tashqari saylovlar o‘tgan yili parlament o‘zini tarqatilgan deb e’lon qilgach, Ilhom Aliyev tommonidan belgilangandi. 125 o‘rinli bir palatali parlamentga 1314 nafar nomzod da’vogarlik qilgandi. Ularning 11 nafari saylovchilar guruhi tashabbusi bilan, 246 nafari 19 ta siyosiy partiyadan nomzod sifatida ko‘rsatilgan. 1057 nafari mustaqil nomzodlar edi.

5,3 mln fuqaro saylovchi sifatida ro‘yxatga olingan. Qonun bo‘yicha yavka chegarasi belgilanmagan.

Saylovda ishtirok etish uchun 59 ta xalqaro tashkilotning 883 nafar kuzatuvchisi akkreditatsiya qilingan. 380 kishilik eng katta missiyani Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi yuborgan. MDH missiyasi 252 ekspertdan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon saylov

Baholaganlar

16

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing