Ozarbayjonda “harbiy holat” bekor qilinadi

Olam

image

Ozarbayjonning bir palatali parlamenti Milliy Majlis mamlakatda harbiy holatni bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni tasdiqladi. 

Harbiy holat 12 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 0:00 da olib tashlanadi.

Mamlakatda harbiy holat Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining 109 va 111-moddalariga tayanib, joriy yilning 28 sentyabri soat 00:00 dan boshlab e’lon qilingan edi

Unga binoan, harbiy holat paytida Baku, Ganja, Sumgayit, Yovlax, Mingachevir, Naftalan shaharlarida, Absheron, Jabrayil, Fizuli, Beylagan, Og‘dam, Tertar, Goygol, Dashkasan, Gadabay, Tovuz, Shamkir, Gozax va Agstafa rayonlarida soat 21:00 dan 06:00 ga qadar komendantlik soati e’lon qilindi. 

Komendantlik soati paytida odamlarning shaxsiy guvohnoma va maxsus hujjatlarsiz ko‘chaga chiqishi taqiqlandi. Avtotransport vositalari harakati uchun maxsus choralar ko‘rildi.

Harbiy holat tufayli Ozarbayjonning qator mintaqalarida komendantlik soati joriy etilgandi. Keyinchalik, safarbarlik harbiy holat doirasida amalga oshirildi. Bungacha Baku mamlakat armiyasi to‘liq tarkibda ekanligi va umumiy safarbarlik talab qilinmasligini aytgan.

Armaniston harbiy holatni Ozarbayjon bilan bir kunda – 27 sentyabrda e’lon qildi. Bosh vazir Nikol Pashinyan darhol umumiy safarbarlik boshlanganini ma’lum qilib, armiya bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarning barchasini harbiy ro‘yxatga olish komissiyalariga kelishni iltimos qilgan. 

Joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Bayonotga ko‘ra, Armaniston va Ozarbayjon egallab turgan pozitsiyalarida to‘xtadi, keyin bir qator tumanlar Baku nazorati ostiga o‘tishi belgilandi. Sulhga ko‘ra, tomonlar o‘zaro asirlar, yaradorlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishni allaqachon boshladi. 

Shuningdek, 1960 kishidan iborat Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘laydigan Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.

Keyinchalik, Rossiya harbiylari Tog‘li Qorabog‘da tinchlikparvar kuchlar nazoratidagi hududlarda minalardan tozalash ishlarini davom ettirayotgani xabar qilindi.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya qo‘shinlari Qorabog‘da besh yildan ko‘proq qolishidan umidvorligini bildirdi. Pashinyan TASS nashriga bergan intervyusida ushbu besh yillik davr nimaga asoslanib belgilangani va shu vaqt ichida nimalar qilish kerakligi haqida gapirdi

Pashinyanga ko‘ra, Rossiya tinchlikparvar kuchlari mintaqada xavfsizlik va barqarorlik kafolatlarini yaratishi zarur. Uning qo‘shimcha qilishicha, RTKning Tog‘li Qorabog‘da bo‘lish muddati besh yil bilan cheklanib qolmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing