Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida yangi “Yo‘l xaritasi” imzolandi
Olam
−
22 avgust 2023
15230Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida yangi “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Bu haqda Ozarbayjon Energetika vaziri Parviz Shahbazov X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
“Biz O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bilan 2023-2025 yillarda energetika sohasidagi hamkorligimizni rivojlantirish bo‘yicha yangi “Yo‘l xaritasi”ni imzoladik. Istiqbolda ko‘plab loyihalar mavjud. Energetika sohasidagi hamkorligimiz munosabatlarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”, deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 22 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga rasmiy tashrif bilan yetib bordi. Tashrif doirasida ko‘plab muhokamalar va rasmiy marosimlar o‘tkazilishi kutilmoqda.
LiveBarchasi
Dollar kursi yana oshdi.
15 iyul
Moskva yana suv ostida qoldi.
15 iyul