Ozarbayjon va Eron chegarasida otishma bo‘ldi
Olam
−
25 iyul
7220Ozarbayjon va Eron chegarasidagi otishma oqibatida ikki ozarbayjon chegarachisi yaralandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Ozarbayjon Davlat chegarasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Kecha, 24 iyul kuni soat 03:30 da Davlat xizmati chegara qo‘shinlarining “Gyoytepe” chegara otryadining rasmiy hududida Erondan Ozarbayjonga ketayotgan ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan davlat chegarasini buzish holati qayd etildi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, huquqbuzarlar chegarachilarning to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talablariga e’tibor bermay, chegarachilarga qarshilik ko‘rsatib, qochib ketishgan.
Shuningdek, Qurolli to‘qnashuv natijasida chegara qo‘shinining ikki nafar xodimi yengil tan jarohati oldi, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi. Otishma oqibatida qoidabuzarlardan biri ham tan jarohati olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron-Armaniston postida chegarachilar ozarbayjonlikni o‘ldirgandi.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi