Ozarbayjon Ukraina masalasida Kremlga yoqmaydigan pozitsiyasini bildirdi
Olam
−
30 aprel 2022
15547Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda “Interfaks-Ozarbayjon” xabar berdi.
“Biz boshqa davlatlar singari Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaymiz va buni ochiq e’lon qilamiz, daraxt orqasiga yashirinmaymiz. Ha, biz Rossiya bilan yaxshi munosabatda ekanimizni inkor etmaymiz. Xalqaro huquq tamoyillari hech qanday holatda siyosiy ustunlik tufayli buzilmasligi kerak”, degan Aliyev juma kuni “Janubiy Kavkaz: taraqqiyot va hamkorlik” xalqaro konferensiyasi ishtirokchilari bilan uchrashuvda.
Agentlik xabariga ko‘ra, Aliyev Qorabog‘ mojarosi borasida fikr bildirib, Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Uning fikricha, xalqaro hamjamiyat Gruziya va Moldovaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagan holda, Ozarbayjonga ham xuddi shunday munosabatda bo‘lmagan.
LiveBarchasi