Ozarbayjon Turkmanistonga neft tankeri sovg‘a qilyapti

Olam

image

Ozarbayjon Turkmanistonga “qardoshlik munosabatlari ramzi sifatida” 8000 tonnalik neft tankerini sovg‘a qiladi. Loyiha joriy yilning oxiri yoki kelasi yilning boshida yakunlanishi rejalashtirilgan. Bu haqda kecha, 18 sentyabr kuni Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Sohib Alekperov Turkmaniston sarmoyaviy forumida (TIF 2025) ma’lum qildi.

Vazir o‘rinbosari avgust oyida Avazada bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuvni, unda Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasida xalqaro havo qatnovini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolanganini ham eslatdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujjatning amalga oshirilishi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

“Dengiz ustidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri havo ko‘prigi transchegaraviy biznes, sayyohlar va mehmonlar tashrifini faollashtirish uchun imkoniyatlar yaratadi. Bu qulay havo yo‘nalishi yo‘lovchilar orasida katta talabga ega bo‘ladi”, deydi u.

Ma’lumot uchun, joriy yil 17 iyul kuni Ozarbayjonga tashrifining madaniy dasturi doirasida Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi, turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov Fuzuli va Shusha shaharlariga tashrif buyurgandi. 12 sentyabr kuni Turkmaniston Ozarbayjonning Fuzuli shahrida masjid qurishi ma’lum qilindi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Turkmaniston neft' tankeri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing