Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ning arman aholisini genotsidga tayyorlamoqda – Pashinyan
Olam
−
10 noyabr 2022
3393Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ning arman aholisini genotsidga tayyorlamoqda. Bu haqda bugun, 10 noyabr kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan respublika hukumati yig‘ilishida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon hukumati haligacha Tog‘li Qorabog‘ vakillari bilan xalqaro platformalarda muloqot boshlash uchun hech qanday qadam tashlamagan, ular o‘z majburiyatlarini bajarmagan.
“Baku o‘zini konstruktiv tomon sifatida ko‘rsatishga urinmoqda va Tog‘li Qorabog‘ armanlari Ozarbayjon fuqarolari ekanligini, ularning huquqlari va xavfsizligi kafolatlanganligini e’lon qilmoqda. Ozarbayjon 44 kunlik urush natijasida ko‘chirilgan Hadrut va Tog‘li Qorabog‘ning boshqa aholi punktlari minglab aholisining o‘z uylariga qaytishi uchun qanday sharoit yaratganini eslab, bu gapning qanchalik to‘g‘ri ekanligini tasavvur qilish mumkin”, deydi Pashinyan.
Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarining 2020 yil 9 noyabrdagi uch tomonlama bayonotining 7-bandiga zid ravishda Ozarbayjon tomonining harakatlari va bayonotlari, unga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘ hududiga majburiy ko‘chirilganlar va qochqinlar qaytariladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi boshqarmasi nazorati ostidagi va unga tutash hududlar Prezident Ilhom Aliyev nafaqat tahdid solayotganini, balki Tog‘li Qorabog‘ armanlarini genotsid qilishga tayyorlayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda, deb hisoblaydi Armaniston Bosh vaziri.
Qorabog‘ urushi
1990-yillar boshida mintaqa qurolli mojaro bilan qamrab olingandi: Armaniston Ozarbayjonga qarshi agressiv harbiy harakatlarini boshladi, bu bilan Ozarbayjon hududlarini bosib olishga oid azaliy rejalarini amalga oshirishga kirishdi. Mazkur rejaning markaziy qismi Qorabog‘ni Ozarbayjondan bir tomonlama ajratib olish va uni Armaniston tarkibiga qo‘shib olish bo‘lgan. Natijada Armaniston mazkur mintaqani, jumladan, Xo‘jali va Ozarbayjonning boshqa yettita tumanini ishg‘ol etdi. Ushbu agressiyaning oqibati sifatida urush 30 ming insonning boshiga yetdi. Bir millionga yaqin ozarbayjonliklar qochoqqa va majburiy ko‘chmanchiga aylandi, minglab odamlar dom-daraksiz yo‘qoldi.
Ozarbayjon va Armaniston 2020 yil aynan Qorabog‘ hududi masalasida o‘zaro hisob-kitob qilib oldi. Ikkinchi Qorabog‘ urushi yoki “Vatan muhorabasi” nomi bilan tarixga kirgan harbiy to‘qnashuvlar 2020 yilning 27 sentyabr kuni boshlanib, 44 kun davom etdi. 2020 yilning 9 noyabridan 10 noyabrga o‘tar kechasi “Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish haqida”gi bayonot imzolandi. Urush yakunlariga ko‘ra, Turkiya qo‘llovidagi Ozarbayjon g‘alaba qildi. Rossiyaning yordamiga umid qilgan Armaniston esa mag‘lubiyatga yuz tutdi.
Harbiy salohiyati bo‘yicha dunyoda 11-o‘rinda turuvchi Turkiya Qorabog‘ urushida faol tarzda Ozarbayjonni ham ruhiy, ham siyosiy, ham harbiy jihatdan qo‘lladi. Aslida, Turkiya Birinchi Qorabog‘ urushidan beri Ozarbayjonni qo‘llab keladi. 2010 yilda ikki davlat harbiy hamkorlik borasida strategik sheriklikka erishgach, ushbu qo‘llov amaliy ko‘rinish kasb eta boshladi. Shundan so‘ng, Turkiya Ozarbayjon Qurolli Kuchlari uchun zobitlar tayyorlab, ushbu davlatga qurol eksport qilish bo‘yicha Rossiya va Isroildan so‘ng uchinchi o‘ringa chiqdi. Ayniqsa, o‘tgan 2020 yilda qurol eksporti 6 barobarga ortib ketdi. Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar oldidan esa bu ikki davlat o‘zaro harbiy dala o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Mashg‘ulotlar yakunida Turkiya Ozarbayjonda 2 ta F-16 qiruvchi samolyotini ham qoldirgani aytiladi. Turkiyada ishlab chiqarilgan “Bayraktar” uchuvchisiz harbiy apparatlarining ham Ozarbayjon g‘alabasini ta’minlashdagi o‘rni yuqori bo‘ldi.
44 kunlik urush yakunlariga ko‘ra, Ozarbayjon armiyasi mamlakatning 5 shahri, 4 ta posyolka va 286 ta qishlog‘ini arman bosqinchilaridan ozod qildi. Ozarbayjon Qurolli Kuchlarining 2, 9 mingdan ortiq harbiy xizmatchisi o‘z ona yurtlarini ozod qilish uchun kurashda halok bo‘ldi.