Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da xalqaro aeroport qurishni boshladi 

Olam

image

Tog‘li Qorabog‘dagi Fuzuli tumanida xalqaro aeroport qurilishi boshlangan. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev e’lon qildi. 

"Fuzuli aeroporti haqida gapiradigan bo‘lsak, ish allaqachon boshlangan. Biz zudlik bilan minalarni tozalashga oid muammolarni hal qilishni boshladik, chunki birinchi navbatda hududda aynan shu narsaga ehtiyoj bor edi, hozirda bu jarayon tugashga yaqin turibdi", degan u. 

Aliyev aeroportning 2021 yilda foydalanishga topshirilishini qo‘shimcha qilgan. 

Bakuga ko‘ra, aeroport kuz fasli boshida foydalanishga topshirilishi mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil sentyabr oyi oxirida Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar qayta boshlandi, bu 1988 yilda boshlangan mojaroning davomi bo‘ldi. Yangi to‘qnashuv tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib keldi. 

Sulh bitimini tuzishga bo‘lgan bir necha urinishlardan so‘ng, 9 noyabr kuni Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari 10 noyabrdan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi.  

Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ga joylashtirildi.
Armaniston fuqarolari shartnomani imzolashni taslim bo‘lish deb qabul qildi, shu munosabat bilan Yerevanda Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini so‘rab norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyishlar hozirda yana avjiga chiqqan. 

Shartnomaga muvofiq, Ag‘dam viloyati 20 noyabrda, Kalbajar viloyati 15 noyabrda, Lochin viloyati 1 dekabrda Ozarbayjon nazorati ostiga o‘tdi. 


 

 


Maqola muallifi

Teglar

aeroport Tog'li Qorabog'

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing