Ozarbayjon sudi Ruben Vardanyanning shikoyatini rad etdi

Olam

image

Ozarbayjon sudi tugatilgan Tog‘li Qorabog‘ning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyanni hibsga olish qarori ustidan berilgan shikoyatni qanoatlantirmadi. Bu haqda “Trend” agentligi xabar berdi.

Aytilishicha, shikoyat Ruben Vardanyanning advokati Afet Gaziyeva tomonidan berilgan, biroq Baku apellyatsiya sudi sudyasi Gabil Mamedov birinchi instansiya sudining qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 28 sentyabr kuni Bakuning Sabail tuman sudi Vardanyanni to‘rt oyga hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqargan. U terrorizmni moliyalash, qonunda ko‘zda tutilmagan qurolli guruhlar tuzish va ular faoliyatida ishtirok etish, Ozarbayjon davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda ayblanmoqda. Vardanyan “Troyka dialoguye” tashkilotining asoschisi va Skolkovo boshqaruv maktabining birinchi prezidenti sanaladi. U 2022 yil noyabrida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi davlat vaziri etib tayinlangan va 2023 yil fevralida lavozimidan chetlashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Vardanyan Qorabog‘dan Armanistonga qochmoqchi bo‘lganida Ozarbayjon xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ruben Vardanyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing