Ozarbayjon Rossiyani ogohlantirdi

Olam

image

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Ozarbayjon hududida vaqtincha joylashtirilgan Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligini yana bir bor o‘z xabarlarida ozarbayjon aholi punktlari nomini to‘g‘ri ko‘rsatishga chaqirdi. Bu haqda Ozarbayjon harbiy boshqarmasi bayonotida aytiladi. 

“Biz Qorabog‘ iqtisodiy rayonini “Tog‘li Qorabog‘ hududi” deb ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmasligini e’lon qilamiz. Ozarbayjon Respublikasi hududida vaqtincha joylashgan Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligi e’tiboriga ularga yuborilgan rasmiy hujjatlarda ko‘rsatilgan tegishli xabarlarda aholi punktlarimiz nomini to‘g‘ri qo‘llash muhimligini yana bir bor e’tiboringizga havola qilamiz”, deyiladi bayonotda. 

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Rossiya tomoni e’tiboriga Rossiya Federatsiyasi tinchlikparvar kontingentining 2022 yil 27 noyabrdagi xabarida qayd etilgan ozarbayjon aholi punktlarining rasmiy nomlari Rossiya Federatsiyasi nomlagani kabi "Mardakert" va "Martuni" emas, mos ravishda Oqdara va Xo‘javand ekanini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi so‘nggi kunlarda Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligiga bir necha bor shu kabi bayonotlar bilan murojaat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon

Baholaganlar

587

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing