Ozarbayjon Putinning qovoq-tumshug‘idan hadiksiramayaptimi? Aliyev Yevropaga gaz eksportini oshirmoqchi

Olam

image

Jahon bozoriga energiya yetkazib berishni diversifikatsiya qilish orqali Ozarbayjon Yevropaning energiya xaritasini o‘zgartirishga hissa qo‘shishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Chernobbio (Italiya) shahrida bo‘lib o‘tgan 48-xalqaro forumning yalpi majlisida “Ozarbayjonning energiya xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni” mavzusidagi ma’ruzasida so‘zga chiqqan Prezident Ilhom Aliyev so‘z ochdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, energiyaga bo‘lgan talabni qondirish uchun yaqin hamkorlik va muvofiqlashtirish zarur. 

Siyosatchi Baku o‘n yildan ortiq vaqtdan beri qo‘shni davlatlarga ishonchli gaz eksportchisi bo‘lib kelganini ta’kidladi. 

Prezident Ozarbayjon va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida yaqinda imzolangan memorandumni esladi va uni energetika sohasida hamkorlik bo‘yicha yangi “Yo‘l xaritasi” deb atadi.  

“Ozarbayjon Yevropaga gaz yetkazib berishni ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda. Ishonchim komilki, biz bu maqsadga erisha olamiz”, degan Ozarbayjon rahbari. 

Aliyev, Ion-Adriatik quvur liniyasining Ozarbayjon gazini uch Bolqon davlatiga yetkazishini qayd etdi.

Bugun, 2 sentyabr kuni Italiyaning Chernobbio shahrida “Yevropa uyi – Ambrozetti” tahliliy markazi tomonidan tashkil etilgan 48-xalqaro forum “Dunyoga, Yevropaga va Italiyaga bir nazar” hamda “Raqobat strategiyalarining hozirgi va kelajak ssenariylari” mavzularida o‘z ishini boshladi.  

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Italiya Prezidenti Serdjo Mattarella, Italiya Vazirlar Kengashi raisi Mario Dragi va “Yevropa uyi – Ambrozetti” tahlil markazi taklifiga binoan xalqaro forumda bosh mehmon sifatida ishtirok etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev

Baholaganlar

227

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing