Ozarbayjon Prezidenti Moskvaga bordi

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev amaliy tashrif bilan Moskvaga bordi. Bu haqda bugun, 25 may kuni uning Matbuot xizmati xabar berdi.

“Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25 may kuni amaliy tashrif bilan Moskvaga keldi. Davlat rahbari “Vnukovo-2” xalqaro aeroportida bo‘ldi. Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, Aliyev Moskvaga safari doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin vositachiligida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashishi kutilmoqda. Aliyev va Putinning ikki tomonlama uchrashuvi ham rejalashtirilgan. Ozarbayjon Prezidenti Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yig‘ilishida mehmon sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi o‘rtalarida Aliyev va Pashinyan Bryusselda Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel vositachiligida uchrashgan edi. Muzokaralardan so‘ng Mishel  tomonlar Janubiy Kavkazda transport va iqtisodiy aloqalarni qayta tiklash bo‘yicha muloqotda sezilarli yutuqlarga erishganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Ozarbayjon Ilhom Aliev Putin Pashinyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing