Ozarbayjon Prezidenti qidirganda topilmagan vazirni iste’foga chiqardi

Olam

image

Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston biln chegarada to‘nashuvlar davom etayotgan bir vaqtda Tashqi ishlar vaziri Elmara Mamedyarovni iste’foga chiqardi.

Ta’kidlanishicha, Aliyev barcha rahbarlar tunu kun ishda bo‘lgan vaqtda TIV rahbarini topolmagan.

“Bizning diplomatik faoliyatimiz yanada samarali bo‘lishi mumkin edi. Men bot-bot aytganman, diplomatiyamiz passiv va himoyaviy emas, hujumkor bo‘lishi kerak”, degan Aliyev.

Mamedyarov 2004 yildan buyon Tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi. Aliyev uning o‘rniga Jayhun Bayramovni vazir etib tayinladi.

Ma’lumot uchun, ikki davlatning shimoliy chegaralarida vaziyat 12 iyul kuni keskinlashdi. Ozarbayjonda Armaniston Qurolli kuchlari hujumga o‘tgani aytildi. Rasmiy Yerevan ham ozarbayjonlik askarlar hujumga o‘tganini sabab qilib ko‘rsatdi. Hozirgacha rasmiy Baku 11 nafar harbiy jumladan general-mayor Po‘lat Gashimov ham halok bo‘lganini bildirdi. Yerevan esa 4 qurbon va 10 yarador haqida ma’lumot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev

Baholaganlar

415

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing