Ozarbayjon Prezidenti bortini Pokistonda qiruvchi samolyotlar kutib oldi (video)

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 11 iyul kuni davlat tashrifi bilan Pokiston Islom Respublikasiga bordi. Bu haqda “Azertac”  xabar berdi. 

Qayd etilishicha, davlat rahbarining samolyoti Pokiston havo hududiga yetib borganida Pokiston harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari tomonidan kutib olingan va belgilangan manzilgacha kuzatib borilgan.
 

Ilhom Aliyev samolyoti qo‘ngan Nur Xon harbiy-havo kuchlari bazasida uning sharafiga artilleriya qurollaridan o‘t ochilgan. Ozarbayjon Prezidentini Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, Ichki ishlar vaziri Mohsin Naqvi hamda Axborot va radioeshittirish vaziri Attaulla Tarar kutib olgan. Tantanali kutib olish marosimidan so‘ng Ozarbayjon Prezidenti va Pokiston Bosh vazirining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.

Prezident Aliyev tashrifi chog‘ida Bosh vazir Shahboz Sharif va Prezident Osif Ali Zardoriy bilan oliy darajadagi muzokaralar olib boradi. Ularda Ozarbayjon va Pokiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli mavzular muhokama qilinadi.

“Biz Prezident Aliyevni qabul qilishdan xursandmiz. Ushbu tashrif mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mustahkam rishtalar va o‘zaro manfaatlarni yanada yuksaltirishni anglatadi”, degan Shahboz Sharif.

Pokiston Prezidenti Osif Ali Zardoriy ham ushbu fikrlarni qo‘llab-quvvatlagan.

“Ozarbayjon va Pokistonning juda boy do‘stlik rishtalari mavjud va u uzoq tarixiga ega. Biz turli sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirishni intiqlik bilan kutamiz”, degan Zardoriy.

Tashrif yakunida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bir qancha shartnoma va memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘istonning Ostona shahriga kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning samolyotiga qiruvchi samolyot hamrohlik qilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Pokiston Shahboz Sharif

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made