Ozarbayjon Prezidenti Armanistonni jiddiy ogohlantirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Agar Yerevan Ozarbayjon bilan muloqotni, jumladan, davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalasida ham eski taktikani davom ettirsa, oxir-oqibat Armanistonning o‘zi mag‘lub bo‘ladi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev respublikaning Kalbajar viloyatiga safari doirasida qo‘mondonlik harbiy qismining jangovar bayrog‘ini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimda aytib o‘tdi. 

Ozarbayjon rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Baku Armanistondagi jarayonlarni, jumladan, revanshistik kayfiyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. 

Davlat rahbari 44 kunlik urush natijalari Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. 

Aliyevning eslashicha, Yerevanda uzoq vaqtdan beri arman armiyasi yengilmas ekaniga ishonishgan va shuning uchun arman qurollari haqida yolg‘on tarqatishgan. 

“Ammo biz arman harbiylari Ozarbayjon armiyasiga dosh bera olmasligini isbotladik. Yerevan Ozarbayjon o‘z yerlarini hech qachon qurol kuchi bilan qaytarib bera olmasligini da’vo qildi. Ular 30 yillik ishg‘ol davomida qurilgan mudofaa chizig‘i va muhandislik inshootlaridan umidvor edilar. Qolaversa, mahalliy hudud sharoiti bizning foydamizga emasdi. Ammo biz bu afsonani yo‘q qildik, iroda kuchi, xalq va hukumat birligi, harbiylarning vatanparvarligi hech narsa qarshilik ko‘rsata olmasligini ko‘rsatdi. Armanistondagi revanshistlar nimaga duch kelishlarini tushunishlari kerak”, deydi Prezident. 

Ozarbayjon rahbari Qorabog‘ va Sharqiy Zangezurda respublikaning qudratli harbiy salohiyatini shakllantirish muhimligini ta’kidladi.  

“Biz butun dunyoga Qorabog‘ Ozarbayjon ekanligini isbotladik”, deydi siyosatchi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Ozarbayjon-Qorabog'

Baholaganlar

451

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing