Ozarbayjon qo‘lga olingan Armaniston harbiysini qaytarib berdi

Olam

image
0:00
0:00
download
Urush talafotlari: QALAMPIR.UZ Qorabog‘ urushi oqibatlarini borib ko‘rgan birinchi o‘zbek mediasi bo‘ldi north_east

Urush talafotlari: QALAMPIR.UZ Qorabog‘ urushi oqibatlarini borib ko‘rgan birinchi o‘zbek mediasi bo‘ldi

Ozarbayjon kecha, 8 iyun kuni Lochin tumani hududida mamlakat chegarasini kesib o‘tgani uchun hibsga olingan Armaniston Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisi Artur Kartanyanni Yerevanga qaytardi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

Vazirlik tomonidan o‘tkazilgan qo‘shimcha tekshirishlar natijasida armanistonlik askarning maqsadi provokatsiya qilish bo‘lmagani, u adashib Ozarbayjon chegarasini kesib o‘tgani aniqlangan. 

“Kartanyan dastlabki so‘roqlar paytida o‘zini shubhali tutgani va noaniq javoblar bergani sababli, uning Armaniston Qurolli Kuchlarining qo‘poruvchilik guruhi a’zosi ekani haqida shubhalar bor edi”, deyilgan xabarda. 

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Kartanyan Armaniston tomoniga qaytarilgan.

“Ozarbayjon tomonining insonparvarlik xatti-harakatlarini yana bir bor namoyish etgan holda biz mamlakatimizga qarshi jinoyat sodir etmagan odamning qaytishini ta’minlaymiz”, deb ta’kidlagan Ozarbayjon Mudofaa vazirligi. 

Avvalroq, Ozarbayjon Respublikasi vitse-prezidenti, mamlakat birinchi xonimi Mehribon Aliyeva Armaniston rahbariyatini begunoh odamlar o‘limida ayblagani haqida xabar bergandik. 

Ma’lumot uchun, o‘tgan yil 27 sentyabrda boshlangan 44 kunlik urush natijasida Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘dagi 5 ta shahar, 4 ta posyolka, 286 ta qishloq va ko‘plab strategik muhim tepaliklarni Armanistondan ozod qildi. 

Armaniston urush tugagach Ag‘dam, Lochin va Kalbajar tumanlarini Ozarbayjonga topshirdi. Arman harbiylari Ag‘damni 2020 yil 20 noyabarda, Kalbajarni 25 noyabrda va Lochinni 1 dekabrda tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing