Ozarbayjon Italiyadan qurol sotib olmoqchi
Olam
−
21 Sentabr 2023 4700 1 daqiqa
Ozarbayjon hukumati Italiya bilan qurol sotib olish borasida bir necha oydan beri muzokara olib bormoqda. Bu haqda “La Repubblica” gazetasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Baku umumiy qiymati 1-2 milliard yevroga baholangan o‘quv samolyotlari, pulemyotlar, o‘ziyurar zenit qurollari, harbiy transport samolyotlari va suv osti kemalarini so‘ramoqda. Ikki davlat Mudofaa vazirliklari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilmoqda.
Qayd etilishicha, (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘dagi so‘nggi voqealar Italiya hukumati uchun muammo tug‘dirmoqda. Italiya qurollarini yetkazib berishni nazorat qiluvchi UAMA maxsus bo‘limining ruxsat bermasligi sababli barcha shartnomalar hali ham bloklangan.
“1992 yilgi qoidalarga ko‘ra, harbiy to‘qnashuv holatidagi davlatga qurol sotilmaydi. Shu munosabat bilan Baku Turkiya va Isroilda muqobil ishlab chiqaruvchilarni qidira boshladi”, deb da’vo qilmoqda “La Repubblica”.
Vaziyat Rim uchun Baku bilan munosabatlarning eng muhim jihati – gaz ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, degan xavotirlar bor. Shunday holatda Italiya Rossiyadan gaz sotib olish orqali ehtiyojini qoplash niyatida.
Live
Barchasi