Ozarbayjon generali va polkovnigi Armaniston bilan chegarada halok bo‘ldi

Olam

image

Ozarbayjon va Armaniston chegarasidagi qurolli to‘qnashuvlarda ozarbayjonlik general va polkovnik halok bo‘ldi. Bu haqda Vesti.az nashri Ozarbayjon Mudofaa vazirining o‘rinbosari Kerim Veliyevga tayanib xabar berdi.

Vazir o‘rinbosari 13-14 iyul kunlari kechasi Tovuz tumanida ashaddiy janglar davom etgan. Ikki sutka davomida Armaniston harbiylari bilan qattiq to‘qnashuvlar bo‘lganini aytdi. Unda yuzlab arman harbiylari, harbiy texnika va ob’ektlar yo‘q qilingan.

Veliyev janglar natijasida Ozarbayjon ham jiddiy yo‘qotishlarga uchraganini ma’lum qildi.

“Bugun ertalab general-mayor Po‘lat Gashimov va polkovnik Ilgar Mirzayev qahramonlarcha jangda halok bo‘ldi”, dedi Veliyev.

Ikki davlat chegarasidagi harbiy harakatlar hamon davom etyapti.

Avvalroq, Ozarbayjon Armaniston harbiylari Tovuz tumanidagi Dondar Qushchu qishlog‘ini og‘ir kalibrli qurollar va artilleriyadan o‘qqa tutganini ma’lum qilgandi.

Keyinroq esa BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ikki tomonni ham zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

550

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing