Ozarbayjon Fransiyaning ikki diplomatini mamlakatdan haydayapti

Olam

image

Fransiyaning Bakudagi elchixonasining ikki xodimi diplomatik maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyati uchun persona non grata deb e’lon qilindi va ularga 48 soat ichida mamlakatni tark etish buyurildi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

“26 dekabr kuni Fransiyaning Ozarbayjondagi elchisi Ann Buayon Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Fransiya elchisiga elchixonaning ikki xodimi diplomatik maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan va 1961 yildagi “Diplomatik aloqalar to‘g‘risida”gi Vena konvensiyaga zid bo‘lgan faoliyati uchun Ozarbayjon hukumati tomonidan persona non grata deb e’lon qilingani, bu shaxslar Ozarbayjon hududidan 48 soat ichida chiqib ketishlari talab qilinayotgani tushuntirildi”, deyiladi bayonotda. 

Unda qayd etilishicha, Fransiya diplomatik missiyasi rahbariga tegishli nota topshirilgan. 

23 dekabr kuni bir qancha Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari Ozarbayjonda fransuz razvedka tarmog‘i fosh etilgani haqida yozgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Ozarbayjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing