Ozarbayjon BRICS'ga kirishdan manfaatdor
Olam
−
19 avgust
2651Ozarbayjon BRICS'ga qo‘shilishidan manfaatdor. Bu haqda Ozarbayjonning Moskvadagi elchisi Po‘lat Bulbul o‘g‘li TACCga bergan sarhisob intervyusida so‘z ochdi.
“Ozarbayjon haqiqatan ham shunday istak bildirdi. Biz bu haqda rossiyalik hamkasblarimiz bilan gaplashdik, lekin bu hali jarayonda va davom etayotgan ish”, deydi elchi nashr muxbirining savollariga javoban.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, Baku allaqachon Moskva bilan hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilgan va hozirda bu masalalar bo‘yicha ish olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, BRICS'ga 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan asos solingan va 2011 yilda unga Janubiy Afrika qo‘shilgan. 2024 yilning 1 yanvarida Misr, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Efiopiya tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyeva uylarida yozilgan kechki ovqat dasturxonida qarshi olgandi.
Zebo Turobjonova
LiveBarchasi