Ozarbayjon BRICS’ga kirish uchun rasman ariza topshirdi
Olam
−
21 avgust
2271Ozarbayjon BRICS’ga a’zo bo‘lish uchun allaqachon rasmiy ariza topshirgan. Bu haqda kecha, 20 avgust kuni respublika Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Ayxan Hojizoda ma’lum qildi.
Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin va Ilhom Aliyevning 19 avgust kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotida Bakuning BRICS’ga qo‘shilishdan manfaatdorligi muhokama qilindi.
18 avgust kuni respublikaning Rossiyadagi elchisi Po‘lat Bulbul o‘g‘li Bakuning BRICS’ga qo‘shilishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qildi. Uning mamlakati qo‘shilish uchun ariza topshirganmi yoki yo‘qmi degan savolga javob berar ekan, u BRICS’ga qo‘shilish istagida bo‘lganlar haqiqatda “katta navbat” hosil qilganini aytdi.
BRICS hukumatlararo tashkilot bo‘lib, hozirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, Misr, Efiopiya, Eron va Birlashgan Arab Amirliklarini o‘z ichiga oladi. Yana bir qator davlatlar tashkilotga a’zo bo‘lish istagini bildirgan. BRICS’ni yaratish Rossiya tashabbusi bilan boshlangan.
Tashkilot formatidagi birinchi vazirlar uchrashuvi 2006 yil 20 sentyabrda Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr