Ozarbayjon-Armaniston o‘rtasida yana otishma. Qurbon bor

Jamiyat

−

image

Armaniston Qurolli kuchlari Ozarbayjon Kalbajar viloyati tomonga qarata o‘q uzdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar bermoqda. 

“Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalari davlat chegarasining Kalbajar uchastkasida navbatdagi provokatsiyani amalga oshirdi. 

9 dekabr kuni soat 15: 00 atrofida arman harbiy qismlari Basarkecheyar viloyati yo‘nalishidagi jangovar pozitsiyalardan Ozarbayjon armiyasining Kalbajar viloyatidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutdi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, armiyaning bu yo‘nalishda joylashtirilgan bo‘linmalari tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Operatsion vaziyat bo‘linmalar tomonidan nazorat qilinmoqda.

Rasmiu Bakuga ko‘ra, 8 dekabr kuni tunda Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan sodir etilgan navbatdagi provokatsiya natijasida Ozarbayjon-Armaniston davlat chegarasining Kalbajar yo‘nalishida Asif Adil o‘g‘li Aliyev halok bo‘lgan. 

Yangi yuzaga kelgan keskinlik uchun butun javobgarlik Armaniston harbiy-siyosiy rahbariyatiga yuklatilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

249

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing