Oynalarni qoraytirishga ruxsat berilgan avtotransport toifalari kengaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, oynalarining tusini qoraytirishga ruxsat berilgan avtotransport vositalari ro‘yxati kengaytirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Jumladan, N1 va N2 toifaga oid yuk tashuvchi avtotransport vositalari uchun ham orqa yon (cheklanmagan) hamda old yon (50%dan kam bo‘lmagan) oynalarining tusini qoraytirishga ruxsat berildi.

Ma’lumot uchun:

•    N1 va N2 toifasi — yuk tashish uchun mo‘ljallangan, biri eng katta vazni 3,5 tonnagacha hamda ikkinchisi 12 tonnagacha bo‘lgan avtotransport vositalaridir.

•    Ilgari faqat yengil avtomobillarga oynasining tusini qoraytirishga ruxsat etilgan edi.

Shuningdek, ilgari avtobus, mikroavtobus va minivenlarga faqatgina turistik yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirsagina oynalarini qoraytirishga ruxsat berilgan edi. Bugundan boshlab qanday faoliyatni amalga oshirishidan qat’i nazar, M2, MZ toifaga oid III klass avtotransport vositalarining barchasiga yon oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 50 foizdan kam bo‘lmagan darajada qoraytirishga ruxsat berildi.

Ma’lumot uchun:

III klass M2 toifasi — faqat o‘tirib ketish uchun mo‘ljallangan, yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t gacha bo‘lgan avtotransport vositalari bo‘lsa, M3 toifasi xuddi shuning eng katta vazni 5 t dan ko‘p bo‘lgan avtotransport vositalaridir.

Avvalroq, avtomobillar oynasini tonirovka qilish narxi arzonlashtirilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tonirovka

Baholaganlar

487

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing