Oyga katta tezlikda yirik raketa urildi (video)
Bu qiziq
−
05 avgust 20765 2 daqiqa
Bugun, 5 avgust kuni Ilon Mask kompaniyasining 8700 km/soat tezlikda harakatlanayotgan raketasi Oy yuzasiga borib urildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, SpaceX raketasining parchasi koinotda 18 oydan ortiq vaqt davomida parvoz qilgach, bugun Oyga qulagan. Ko‘plab dunyo OAVlari va olimlari ushbu jarayonni to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda kuzatib bordi.
Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, ob’ekt soniyasiga taxminan 2,43 km yoki soatiga 8700 km tezlikda harakatlangan.
“Oyga qulagan Falcon 9 raketasining taxminiy qismi – bu taxminan besh qavatli bino kattaligidagi yuqori bosqich (Yerga qo‘nish uchun qaytib tushmaydigan qismi)dir.
Oy yuzasiga urilish 2025 yil yanvar oyida SpaceX kompaniyasi tomonidan ikkita Amerika-Yaponiya Oyga qo‘nish moduli uchirilganidan so‘ng tortishish kuchi va quyosh nurining mayin ta’siri natijasida yuz berdi”, deyiladi nashrda.
NASA ushbu to‘qnashuv Yer uchun hech qanday xavf tug‘dirmasligini bildirmoqda, astronomlar esa to‘qnashuv oqibatida hosil bo‘lgan ehtimoliy parchalarni o‘rganish uchun halokat joyini ko‘rish imkoniyatini kutmoqda. Ba’zi olimlar esa insoniyat koinot chiqindilarining to‘planib qolishidan va bunday to‘qnashuvlar koinotni kelajakda o‘zlashtirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlaridan xavotirga tushishi kerakligidan ogohlantirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX kompaniyasining o‘tgan yildan beri koinotda uchib yurgan raketa bo‘lagi yuqori tezlikda Oyga urilishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust