“Oyog‘i osmonda kuzov”. Toshkentda yuk mashinasi ko‘prikka borib urdi
Jamiyat
−
14 dekabr 2019
7154Ijtimoiy tarmoqlarda yuk mashinasining kuzovi betonga borib urilgani, u uzilib tushgani tasvirlangan suratlar paydo bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 14 dekabr kuni soat 07:30 lar atrofida poytaxtning Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasida 61 yoshli haydovchi Baxtiyor A o‘zi boshqarayotgan “HOHAN” rusumli yuk mashinasini kuzovini tushirmagan. Oqibatda u ko‘prikka borib urilgan.
Yo‘l transport hodisasining sababi sifatida yuk mashinasi haydovchisi kuzovni kerakli darajada tushirmaganligi etib ko‘rsatilmoqda.
Jabrlanganlar yo‘q.
Sarvar Rahimov
LiveBarchasi