Oybek Tursunov “Kapitalbank”ning affillangan shaxslari qatoridan chiqarildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich kuyovi, tadbirkor Oybek Tursunov “Kapitalbank” ATBning affillangan shaxslari ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda Yagona korporativ axborot portalida keltirilgan.

2021 yilning noyabr oyida Oybek Tursunov “Kapitalbank”ning asosiy aksiyadori bo‘lgani uchun ushbu ro‘yxatga kiritilgandi. Ammo joriy yilning 20 yanvarida bankning affillangan shaxslari ro‘yxatidan chiqarilgan.  Bunga uning bank aksiyalaridagi ulushi 20 foizdan kamroqni tashkil qilgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning oktyabr oyida Oybek Tursunov “Kapitalbank”ning 112,49 mln dona aksiyasini sotib olgan edi. O‘shanda uning ulushi 50 foizni tashkil etgan. Ammo bankning “Telekominvest” bilan kelishuvidan so‘ng Tursunovning aksiyalari 41,6 foizga tushdi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 10 yanvar kun rossiyalik milliarder Alisher Usmonov “Kapitalbank” ustav kapitalidagi ulushini 25 foizgacha oshirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing