“Ovoz” loyihasi uchun byudjetdan qariyb 2 mlrd so‘m ajratildi
Madaniyat-san’at
−
08 aprel
18233“Ovoz” musiqiy loyihasining tashkilotchilariga byudjetdan 1 mlrd 989 mln so‘m ajratiladi. Bu Madaniyat vazirligi hamda “Talent Show” MCHJ imzolagan shartnomada ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, loyiha yaqin kunlarda faoliyatini boshlaydi.
Joriy yilning 2 aprel kuni imzolangan shartnomada “Talent Show” MCHJ loyihaning suratga olish xizmatlarini bajarishi keltirilgan. Tashkilotchilarga 6 oy davomida ma’lum summada gonorar to‘lanadi. Shartnomada vazirlik bajarilgan ishlar uchun haq to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olishi ko‘zlangan.
Qayd etilishicha, teleloyihada qatnashuvchi 3 nafar ustoz uchun oyiga 38 mln so‘mdan jami 684 mln so‘m, 1 nafar badiiy rahbar uchun oyiga 57 mln so‘mdan jami 342 mln so‘m, 1 nafar musiqa direktori uchun 38 mln so‘mdan, 228 mln so‘m hamda 6 nafar sozandaga 14,5 mln so‘mdan jami 522 mln so‘m ajratilgan.
16 mart kuni loyihaning rasmiy taqdimotida uning ilk mavsumi murabbiylari Farrux Zokirov, Sevara Nazarxon, Tohir Sodiqov hamda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov qatnashishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent hokimligi “bir piyola choy” va tadbirlarga byudjetdan 10 mlrd so‘m ajratgan edi.
LiveBarchasi