OTMlarga kontrakt pulini to‘lash muddati uzaytirildi
Jamiyat
−
29 Oktabr 2019
72562019/2020 o‘quv yilida OTMlar bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan) abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2019 yilning 20 noyabri etib belgilandi.
Bu haqda Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 21 oktyabrdagi 9-sonli bayoni qabul qilindi.
Ushbu holatda ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OTMlar rektorlarining murojaatlari inobatga olingan.