OTMlarda masofaviy ta’lim shakli yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
25 may 2021 7899 1 daqiqa
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklida ham kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigida aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, bitiruvchi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2030 yilda 50 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Toshkent shahrida xalqaro talablar asosida tashkil etilayotgan Yangi O‘zbekiston universiteti joriy yildan talabalarni qabul qiladi.
“Sizlarning hayotda o‘z munosib o‘rningizni topishingiz uchun davlatimiz va jamiyatimiz bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarini to‘la safarbar etadi”, - deydi Shavkat Mirziyoyev o‘z tabrigida.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr