OTMlarda an’anaviy ta’limga qaytish masalasida rektorlarga vazifalar berildi

Jamiyat

image

Kecha, 17 oktyabr kuni Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev rahbarligida oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarni tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Yig‘ilishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov bugungi kunda OTMlarda masofaviy ta’limning olib borilishi monitoringi natijalari to‘g‘risida, mavjud muammolar va ularning yechimlari borasida vazirlik tomonidan ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berib o‘tdi. 

Muhokamalarda oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy ta’limga qaytish imkoniyatlari masalasi ham ko‘rib chiqildi hamda OTM rektorlariga bu bo‘yicha qator vazifalar belgilab berildi.

Jumladan, oliy ta’lim tizimida an’anaviy darslarga qaytishda, avvalo, talabalar va ularning ota-onalari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkaziladi. Shuningdek, OTM tomonidan muassasa imkoniyatlari tahlil qilinadi, sanitariya-epidemiologiya talablari asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etish, talabalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasdan talabalar turar joylari faoliyatini tiklash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Bu borada yakuniy qaror oliy ta’lim muassasalari kengashi tomonidan talabalar, ularning ota-onalari takliflarini inobatga olgan holda sanitariya-epidemiologiya xizmati tegishli xulosasi asosida qabul qilinadi. 

So‘rovnomalar natijalariga ko‘ra hamda OTM imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy ta’lim shakliga ruxsat etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM talaba

Baholaganlar

1025

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing