OTMlarda an’anaviy ta’lim boshlangach, qancha talaba Toshkentga kelgani ochiqlandi

Jamiyat

image

Kecha, 7 fevral kundan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy ta’lim boshlandi. Shu munosabat bilan 36 mingdan ortiq talaba Toshkent shahriga keldi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hududlardan kelib tahsil olayotgan talabalarning joylashishi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Vazirlikka ko‘ra, hududlardan Toshkent shahriga yetib kelgan 36 738 nafar talabaning 10 032 nafari OTMlardagi talabalar turar joylariga, 18 204 nafari ijara xonadonlariga, 8 502 nafari yaqin qarindoshlarinikiga joylashgan.

Talabalarga qulaylik yaratish, doimiy yashash hududidan ta’lim muassasalariga istalgan vaqtda yetib kelishlarini muvofiqlashtirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylarida jadval asosida tyutorlar jamoasidan iborat 24 soatlik navbatchilik tashkil etilgan.

“Bundan tashqari, talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish sektori tomonidan ijara uy topishga qiynalayotgan talabalar muammolarini bartaraf qilish uchun mahalla raislari va IIB profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

talaba

Baholaganlar

345

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing