Ba’zi OTMlar kontrakt miqdorini mustaqil belgilaydi
Jamiyat
−
13 iyun 2020
6513O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga o‘zini o‘zi to‘liq moliyaviy ta’minlash miqdoridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash huquqi berildi. Bu haqda “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida so‘z boradi.
O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan OTMlar rektorlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan to‘lov-kontrakt miqdori haqidagi ma’lumotlarni bir hafta muddatda ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida e’lon qiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrda “Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida”gi 967-sonli qaroriga muvofiq 2020 yil 1 yanvardan quyidagi 10 ta oliy ta’lim muassasasi tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan:
• Samarqand davlat chet tillari instituti
• Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
• Toshkent davlat yuridik universiteti
• Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
• Toshkent moliya instituti
• Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
• Toshkent farmatsevtika insituti
• O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
• Urganch davlat universiteti
• Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti
Mazkur OTMlarning ilmiy pedagogik salohiyati yuqoriligi, moliyaviy faoliyatining barqarorligi, moddiy-texnika bazasi yetarli darajadaligi, ta’lim xizmatlari bozorida mazkur mutaxassisliklarga talab yuqoriligi inobatga olingan.
Qarorga ko‘ra, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan OTMda to‘lov-kontrakti asosida ta’lim olayotgan talabalarning kontrakt to‘lash muddatlari tomonlar kelishuviga ko‘ra shartnoma asosida belgilanadi.