OTMga kontrakt asosida kirganlarning soni e’lon qilindi
Jamiyat
−
23 avgust 2023
9791Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan abituriyentlar 193 421 nafarni tashkil etmoqda. Ularning bor-yo‘g‘i 42 655 nafari davlat granti asosida o‘qiydi. Bu haqda bugun, 23 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ullari bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Yaqinlashayotgan o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishida talabaga aylangan 193 421 nafar abituriyentning 42 655 nafari – davlat granti, 150 766 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan.
Ushbu abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:
• Kunduzgi ta’lim shakli — 129 927 nafar;
• Sirtqi ta’lim shakli — 49 852 nafar;
• Kechki ta’lim shakli — 10 752 nafar;
• Masofaviy ta’lim shakli — 2 890 nafar.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
— davlat granti asosida o‘rtacha ball — 119,3 ballni;
— to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 93,3 ballni tashkil etgan.
Ma’lumki, to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 189 ball hisoblanadi.
LiveBarchasi