OTMga kirish imtihonlari 3 smenada bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

2020 yildagi OTMga kirish imtihonlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev 2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan offlayn brifingda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun abituriyentlar amaldagi muddatda 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham):

– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

– Davlat test markazining rasmiy veb-sayti;

– Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Bunda abituriyentlarga uydan chiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.

Oliy ta’lim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlari ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tili kesimida DTM hamda muayyan oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yil o‘tkaziladigan OTMga kirish imtihonlari uchun 64 ta bino tanlab olingan. Ularda har bir abituriyentga kamida 3 metr joy ajratilmoqda. Binolarda abituriyentlarni soni kamayishi munosabati bilan bir kunda 3 smenada imtihonlar bo‘lib o‘tadi. Avvalgi yillarda 2 imtihonlar 2 smenada tashkil qilingan edi. Har bir smenada 25 ming nafar, kuniga 75 mingdan ortiq abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etadi.

Imtihon o‘tkaziladigan binolarga abituriyentlar tibbiy niqob, rezina qo‘lqopda va harorati tekshirilgandan so‘ng kiritish, test o‘tkazilgandan so‘ng binolarni dezinfeksiyalash va ijtimoiy masofaga amal qilishni nazorat qilish belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM Imtihonlar

Baholaganlar

410

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing